2022 yil 6-10 iyun kunlari Zara, Zara Home, Massimo Dutti, Bershka, Oysho, Pull & Bear, Stradivarius, Uterqüe kabi kiyim-kechak va chakana savdo sohasida jahon yirik do'konlar tarmog'i asos

2022 yil 6-10 iyun kunlari Zara, Zara Home, Massimo Dutti, Bershka, Oysho, Pull & Bear, Stradivarius, Uterqüe kabi kiyim-kechak va chakana savdo sohasida jahon yirik do'konlar tarmog'i asos

2022 yil 6-10 iyun kunlari Zara, Zara Home, Massimo Dutti, Bershka, Oysho, Pull & Bear, Stradivarius, Uterqüe kabi kiyim-kechak va chakana savdo sohasida jahon yirik do'konlar tarmog'i asoschisi, Ispaniyaning Inditex kompaniyasi vakillari Toshkentga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, O‘zbekistondagi tekstil sohasidagi yetakchi kompaniyalar va klasterlarga tashriflar uyushtirish, shu orqali respublikamizning ishlab chiqarish sohasida ishchilarning mehnat sharoiti, ishlab chiqarish jarayonining atrof-muhitga hamda ushbu jarayonda qo’llaniladigan kimyoviy vositalarning iste’molchiga ta’sirini o’rganilish.

Tashrif doirasida poytaxtimiz mehmolari O‘zbekistondagi tekstil sohasidagi salohiyatli kompaniyalardan biri - "BakanTex" ip yigirish fabrikasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Inditex kompaniyasi vakillari fabrika mahsulotlarining sifatini yuqori baholab, korxonada ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar a’lo darajadaligini aytib o’tishdi. Uchrashuv davomida tomonlar kelgusida o‘zaro hamkorlik haqida muzokaralar olib borishdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 mart kuni Davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va narx oshishining oldini olish borasida videoselektor yig‘ilishi davomida mamlakatimiz korxonalarining xorijiy brendlar ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish bo‘yicha yetakchi kompaniyalar va riteyllar bilan muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriqni ijrosini ta’minlash maqsadida 8-10 aprel kunlari Ispaniya Qirolligining Madrid shaxrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va Ispaniyaning “Inditex” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.