Bakan Tex - dunyodagi eng zamonaviy yigiruv fabrikalaridan biridir. © Trutzschler

Bakan Tex - Trutzschler tayyorlash liniyasi bilan jihozlangan dunyodagi eng zamonaviy yigiruv fabrikalaridan biridir.

Bakan Tex dunyodagi eng zamonaviy yigiruv fabrikalaridan biri bo’lib, Trutzschler tayyorlash liniyasi bilan jihozlangan, shu jumladan qayta tarash sexiga, pilta birlashtirish mashinalaridan avtomatik holstik yetkazib beruvchi liniyaga ega. Trutzschlerning ushbu zamonaviy ip ishlab chiqarish korhonasiga qanday hissa qoshayotganini korish va mijozlarga axborot berish uchun paxta va sintetik tolalarni qayta ishlash sektoridagi ushbu yetakchi o’z mashinalarini sur’atga olish uchun Toshkentga tashrif buyurdi.

“Ozbekiston Markaziy Osiyoning Yevropa va Osiyo koloriti tutashgan davlat hisoblanadi. Feruza rangli gumbazlari, bozorlari va mehmondo’st xalqiga boy mamlakat. Ammo bu yerda yana bir narsa bor: qadimiy ipak yo’lining izlari”, dedi Maykl Van Den Dolder, marketing menejeri.

Bugungi kunda O’zbekiston paxta yetishtiradigan davlatlarning o’ntaligiga kiradi: paxta qishloq xo’jaligi yerlarining 80 foizida yetishtiriladi. Har yili 3 million tonnadan ortiq paxta ishlab chiqariladi. Bu esa paxtani mamlakatning asosiy tovariga aylantiradi. Ikki yil davomida hukumat to’qimachilik va tikuv trikotaj sanoatini jadal kengaytirmoqda. Maqsad O’zbekistondagi butun ishlab chiqarish zanjirini – 100% paxta tolasidan ipni   tayyor gazlamaga qadar ishlab chiqarish.

Ushbu zanjirning muhim qismi bu tabiiyki, MChJ “Bakan Tex” korxonasidir. 2018 yilda ishga tushirilgan yangi ofis va ishlab chiqarish obyektlari 6,4 gektar maydonni egallab, bu erda har kuni 42 tonna yuqori sifatli paxta iplari ishlab chiqarilmoqda. “Korxonaga tashrif buyurganimizda, nega odamlar uni eng zamonaviy ip yigirish fabrikasi deb atashlarini angladik. Foyedagi qabulxonadan - binoga qadar bo’lgan hamma narsa ultramodern edi. Endi biz uchun ishlab chiqarish korxonalariga kirish yanada qiziqarliroq bo’lmoqda”, deb davom etdi janob Van Den Dolder.

"Ishonchlilik va mahsulotlarning yuqori sifati Bakan Tex korporativ falsafasining asosi bo’lganligi sababli, kompaniya bir xil qadriyatlarga javob beradigan uskunalarni yetkazib beruvchiga ishonishi kerak. Shu sababli, Bakan Tex Trutzschlerdan juda zamonaviy mashinalarni ishlab chiqarish (tayyorlov sexiga)  o`rnatishni qaror qildi".

 

"O’tgan yildan boshlab, fabrikaning asosiy ishchi organi va yuragi 2 ta Toy paxta Titish va Tozalash Agregati  BO-A, TS-T5 ning rangli chiqindilar ajratuvchi 3 ta kameralari, T-MOVE va Jumbo Cans bilan 30 ta TC 15 Tarash  mashinalari, 5 ta TD-9T piltalash birinchi o`tim mashinasi va 1 ta TD 9 piltalash birinchi o`tim  mashinasi, 4 ta pilta birlashitish TSL 12 Superlap, 24 ta TCO 12 qayta tarash mashinalari va 13 ta TD 8 piltalash ikkinchi o’tim zamonaviy mashinalari bilan jihozlangan.