Mukhitdinov Botir Abdulhamidovich

HK Bakan Tex MChJ bosh direktori

Botir Muhitdinov 1972 yil Namangan shahrida tavallud topgan. 2001 yil Namangan Muhandislik-Pedagogika Institutida Mashina Qurilishi Texnologiyalari muhandisi mutaxassisligini egallagan.

 

Shu bilan bir qatorda u 1992-2001 yillar davomida Namangan Mashina Muhandislik Zavodida shogird mutaxassis bo’lib, shuningdek, “UzTransMahsusQurilish” Ishlab Chiqarish Birlashmasining Namangan filialida bo’lim boshlig’I lavozimida ishlab kelgan. 2004-2017 yillar mobaynida esa «ORIENT MEBEL» Qo’shma Korhonasida Bosh Direktor lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Botir Muhitdinov 2017 yildan boshlab bugungi kungacha MCHJ “BAKANTEX” Horijiy Korhonasida tijorat va bosh direktor vazifasida o’z ish faoliyatini davom ettirmoqda. Uning boshchiligida korhona qurilish ishlari 1 yil davomida muvaffaqiyatli yakunlanib, mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Hozirgi kunda 500 dan ortiq hodim ishlayotgan ushbu fabrikada Muhitdinov Botir Abdulhamidovich paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarish sohasiga juda katta hissa qo’shib, O’zbekistonda ushbu sanoatning rivoj topishi uchun jonkuyarlik bilan hizmat qilmoqda.