Osiyo Infratuzilmaviy Investitsiyalar Banki prezidenti Jin Litsun boshchiligidagi delegatsiya "BakanTex" HK MChJga tashrif buyurdi.

Osiyo Infratuzilmaviy Investitsiyalar Banki prezidenti Jin Litsun boshchiligidagi delegatsiya "BakanTex" HK MChJga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar -kоrхоnаning ishlаb chiqаrish tizimi -kоrхоnаning bo’linmаlаri, tsех vа bo’limlаrining vаzifаsi vа ulаrning аlоqаlаri vа хаmkоrligi -kоrхоnаdа o’rnаtilgаn turli хil tехnоlоgik uskunа vа dаstgоhlаrning o’zigа хоs хususiyatlаri bilan yaqindan tanishishdi.


Bank delegatsiyasi korxonaning laboratoriyasini ham ko’zdan kechirdi. Mehmonlar laboratoriya ishini va unda Shveytsariyaning taniqli Uster uskunalari kabi mahsulot sifatini nazorat qilish uchun zamonaviy texnologiyalar mavjudligini yuqori baholadilar.


Bundan tashqari, "O'zto`qimachiliksanoat" uyushmasi tomonidan delegatsiya a'zolariga O'zbekiston to'qimachilik sanoatining yuqori imkoniyatlari to'g'risida keng ma'lumot berildi. Sohaning bunday jadal rivojlanishi mamlakatimizda paxta asosiy xomashyo turlaridan biri ekanligi bilan izohlanadi. To'qimachilik sanoatini rivojlantirish bo'yicha kelgusi rejalar ham muhokama qilindi.


O'z navbatida, yuqori martabali mehmonlar O'zbekistonda investitsiya muhiti jadal rivojlanib borayotganini ta'kidladilar. Delegatsiya a'zolari "BakanTex"ning barcha xodimlariga faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, ularni yaqinlashib kelayotgan O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan tabrikladilar.