Tola va ipni qayta ishlash, jumladan, asbob-uskunalar, butlovchi qismlar va dasturiy ta’minot bo‘yicha innovatsiyalarga ixtisoslashgan yetakchi global texnologiya kompaniyasi "Saurer Group

Tola va ipni qayta ishlash, jumladan, asbob-uskunalar, butlovchi qismlar va dasturiy ta’minot bo‘yicha innovatsiyalarga ixtisoslashgan yetakchi global texnologiya kompaniyasi "Saurer Group

Tola va ipni qayta ishlash, jumladan, asbob-uskunalar, butlovchi qismlar va dasturiy ta’minot bo‘yicha innovatsiyalarga ixtisoslashgan yetakchi global texnologiya kompaniyasi "Saurer Group" o‘zining yangi bosh direktori etib doktor Uve Rondeni tayinladi.


27 iyun kuni janob Uve Ronde boshchiligidagi Germaniyaning “Saurer” to‘qimachilik kompaniyasi vakillari “BakanTex” to‘qimachilik fabrikasiga tashrif buyurishdi. BakanTex bosh direktori

Botir Muxitdinov janob Uve Rondeni yangi lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklab, unga yangi lavozimida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Uchrashuvda tomonlar ikki kompaniya o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlikni muhokama qildilar. Mehmonlar ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirib, mahsulot sifati, ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga yuqori baho berdilar.

Janob Uve Ronde samimiy qabul uchun BakanTex rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi va o‘zaro hamkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.